Abstract:
Surunkali gepatitni davolashda diyetoterapiya muhim ahamiyatga
ega. Ushbu maqolada mahalliy o‘simlik oqsillariga boy va ixtisoslashgan parhez
mahsulotlarining surunkali gepatitli bemorlar salomatligiga ijobiy ta'siri o‘rganilgan.
O‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishi osonligi va jigar faoliyatini yaxshilashda tutgan
roli bilan birga, ixtisoslashgan parhez mahsulotlarining vitaminlar, minerallar va
antioksidantlarga boyligi bemorning sog‘lig‘ini saqlashda muhim o‘rin tutadi.