Abstract:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda taxminan 325 mln. odam parenteral gepa
tit viruslari bilan zararlangan bo‘lib, 500 mln. dan ko‘p insonlar klinikasiz virus tashuvchanlikka ega. 2015 – yilda
virusli gepatit tufayli 1,34 mln. o‘lim holati kuzatilgan. Gemostaz tizimi fiziologiyasi jigar faoliyati bilan bevosita
bog‘liq, chunki gepatotsitlar ko‘plab koagulyatsion omillar, antikoagulyant oqsillar, fibrinoliz tizimi komponentlari va
trombopoezni stimullovchi omillarni ishlab chiqaradi. Surunkali diffuz jigar kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda
qizilo‘ngach varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi, gematomalar, gemorragik purpura, burun va milk qonashi,
menorragiyalar kabi asoratlar kuzatilishi hozirgacha dolzarb klinik muammo bo‘lib qolmoqda. Maqsad: HCV eti
ologiyali jigar sirrozida antivirus terapiya fonida mielogramma ko‘rsatkichlarining laborator diagnostikasini baholash.
Ma’lumotlar 2020-2023 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi gematologiya va gepatobiliar patologiyasi
bo‘limlarida HCV etiologiyali surunkali gepatit bilan davolangan bemorlardan olindi.