Abstract:
Hozirgi vaqtda parrandachilik sanoati O‘zbekistonda yuqori sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida ko‘pgina zoonoz kasalliklar bilan kasallanishni
keltirib chiqaradi. Zoonoz kasalliklardan parrandalar salmonellezi - ko‘pgina qishlok
xo‘jalik va yovvoyi parrandalarning infeksion kasalligi bo‘lib, yosh organizmda
oshqozon-ichak, nafas olish tizimi a’zolarining zararlanishi va septitsemiya bilan,
voyaga yetgan parrandalarda esa tuxum yetishtiruvchi a’zolarning kasallanishi, klinik
belgisiz yoki surunkali kechish bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, ushbu kasallik
qo‘zg‘atuvchisi - salmonellalar odamlarda oziq-ovqat orqali zaharlanishni keltirib
chiqaradi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, parrandachilik va
qishlok xo‘jaligi hayvonlarida ham salmonellyoz kasalligi keng tarqalgan. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar va hayvonlarga xos bo‘lgan
bir qator infeksiyalar orasida salmonellyoz kasalligiga qarshi kurashishning
murakkabligi va uni yo‘q qilish muammolari o‘ziga xos qiyinchiliklardan iborat.