Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2483
Title: ONALAR O‘LIMIDA XOMILADORLIKKA BOG‘LIQ BO‘LGAN BUYRAK PATOLOGIYALARI
Authors: Mirzamuxamedov Odiljon Xadjiakbarovich
Keywords: Homiladorlik, buyrak patologiyalari, onalar o‘limi, gestatsion pielonefrit, preeklampsiya, eklampsiya
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston, Toshkent
Series/Report no.: UO‘K:;616.61:001.89+616–091 (075.8)
Abstract: Onalar o‘limi darajasi nafaqat homiladorlik va tug’ruq jarayonida ayollar uchun ko’rsatiladigan tibbiy xizmatning samaradorligini, balki mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, sog’liqni saqlash tizimining rivojlanish darajasi va reproduktiv salomatlik ko’rsatkichlarini ham aks ettiradi. Homiladorlik fiziologik jihatdan adaptatsiya talab qiluvchi jarayon bo‘lib, u buyrak kasalliklarining mavjud klinik kechishini og’irlashtirishi mumkin, shuningdek, buyrak patologiyalari ham homiladorlikning normal kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, onalar o‘limi strukturasining yetakchi sabablaridan biri hisoblangan preeklampsiya nefropatiyaning turli shakllarini, jumladan glomerulopatiya, tubulopatiya va interstitsial nefrit kabi patologik holatlarni keltirib chiqarishi yoki mavjud nefrologik buzilishlarni chuqurlashtirishi bilan ahamiyatlidir.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2483
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
7.Odiljon Xadjiakbarovich Mirzamuxamedov.pdf466.9 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.