Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2914
Title: OIV INFEKSIYASI BO‘YICHA AHOLINING HABARDORLIK DARAJASINI ANIQLASH UCHUN SO‘ROVNOMA NATIJALARI.
Authors: Matnazarova Gulbahor Sultanovna., Qodirova Sarvinoz Bakhtiyorjon qizi., Saidkasimova Nargiza Sayfullayevna., Xamzayeva Nilufar Toshtemirovna., Kurbaniyazova Malika Oralbaуevna., Bobojonova Shohista Davronbekovna
Keywords: OIV infeksiyasi, xabardorlik darajasi, so‘rovnoma tadqiqoti, epidemiologik tahlil, OIV yuqish yo‘llari, profilaktika, diagnostika (ELISA, ekspress test), onadan bolaga yuqish, stigma va diskriminatsiya, ijtimoiy munosabat, yosh va jins omillari, sog‘lomlashtirish dasturlari, sanitariya-ma’rifiy ishlar.
Issue Date: 2025
Publisher: O'zbekiston
Abstract: Ushbu tadqiqot aholining OIV infeksiyasi bo‘yicha xabardorlik darajasini baholash, noto‘g‘ri qarashlar va stigma omillarini aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida 474 nafar respondent ishtirokida onlayn so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma 20 ta savoldan iborat bo‘lib, OIV infeksiyasi haqida umumiy bilim darajasi, yuqish yo‘llari, profilaktika usullari, diagnostika imkoniyatlari, onadan bolaga yuqish mexanizmlari hamda OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy munosabatlarni qamrab oldi. Natijalarga ko‘ra, respondentlarning 84,4 % OIVning asosiy yuqish yo‘llarini to‘g‘ri bilgan bo‘lsa-da, aholining ma’lum qismida virus havo yoki maishiy yo‘l bilan yuqadi degan noto‘g‘ri tasavvurlar saqlanib qolgan. Profilaktika va diagnostika bo‘yicha bilimlar nisbatan yuqori bo‘lib, respondentlarning 87,6 % OIVni aniqlashda ELISA yoki ekspress test qo‘llanilishini to‘g‘ri ko‘rsatgan. Shu bilan birga, OIV bilan yashovchilarga nisbatan ijtimoiy stigma darajasi yetarli darajada kamaymaganligi aniqlangan. Epidemiologik va statistik tahlillar (χ², Pearson r) OIV haqida bilim darajasi ortishi bilan to‘g‘ri profilaktik xulq-atvor va stigma kamayishi o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar aholi orasida OIV profilaktikasi bo‘yicha ma’rifiy dasturlarni kuchaytirish zarurligini asoslab beradi.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/2914
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
39-48.pdf663.88 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.