Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4059| Title: | KARDIOREANIMATSIYA BOʻLIMIDA OʻTKIR KORONAR SINDROM BILAN DAVOLANGAN BEMORLARNING KLINIK, LABORATOR VA INSTRUMENTAL XUSUSIYATLARI |
| Authors: | Saidahmadov S.S., Nurillayeva N.M., Xidoyatova M.R. |
| Keywords: | oʻtkir koronar sindrom, kardioreanimatsiya, hodisalar yuklamasi - event burden, nostabil stenokardiya, miokard infarkti, buyraklar surunkali kasalligi, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalligi. |
| Issue Date: | 30-Mar-2026 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent "O'zbekiston harbiy tibbiyoti jurnali" 1-SON |
| Abstract: | Maqsad: kardioreanimatsiya boʻlimida oʻtkir koronar sindrom (OʻKS) bilan davolangan bemorlarning klinik, laborator va instrumental koʻrsatkichlarini, shuningdek, kasallikning yakuniy natijalari va prognostik omillarini kompleks tahlil qilish. Material va usullar: tadqiqotga kardioreanimatsiya boʻlimida davolangan 20 nafar bemor kiritildi. Tadqiqot retrospektiv kuzatuv xarakteriga ega. Bemorlarning demografik (yosh, jins), klinik (arterial bosim, yurak urish tezligi, asoratlarining Killip boʻyicha tasnifi), yondosh kasalliklari (arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligi), laborator (lipid spektri, troponin I, NT-proBNP, kreatinin), instrumental (EKG, ExoKG) va anamnestik maʼlumotlari (hodisalar indeksi “event burden”) oʻrganildi. Natijalar: Tadqiqotga kiritilgan bemorlarning 70% ini ayollar, 30% ini erkaklar tashkil etdi. Arterial gipertenziya 75% bemorlarda, qandli diabet 60% bemorlarda aniqlangan. Bo’limga o’tkir koronar sindrom bilan qabul qilingan bemorlarning yakuniy tashxisi sifatida nostabil stenokardiya 60%, Q-tishsiz miokard infarkti 25%, Q-tishli miokard infarkti 15% hollarda qayd etildi. Oʻpka shishi 30% bemorlarda kuzatildi. Ogʻir asoratlar, jumladan oʻlim holatlari aniqlanmadi. Hodisalar indeksi “event burden” koʻrsatkichi bemorlarning sezilarli qismida yuqori boʻlib, bu yurak-qon tomir kasalliklarining uzoq davom etganligini koʻrsatdi. Xulosa: Kardioreanimatsiya boʻlimida davolangan bemorlarda OʻKSning nisbatan yengil shakllari ustun boʻlib, ogʻir asoratlar kam uchradi. Yondosh kasalliklar va yuqori “event burden” mavjudligi ushbu bemorlarni yuqori xavf guruhiga kiritadi va kelgusida kasallikning ogʻirlashish ehtimolini oshiradi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4059 |
| Appears in Collections: |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| 13_KARDIOREANIMATSIYA_BOʻLIMIDA_OʻTKIR_KORONAR_SINDROM_BILAN.pdf | 1.04 MB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.