Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4118| Title: | SEMIZLIK: ZAMONAVIY TIBBIYOTNING GLOBAL MUAMMOSI SIFATIDA |
| Authors: | Sattarov O.T., Fayziyev S.I. |
| Keywords: | semizlik, metabolik sindrom, morbid semizlik, bariatrik jarrohlik, ortiqcha vazn, konservativ davolash, umr davomiyligi |
| Issue Date: | 1-Aug-2025 |
| Publisher: | Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari |
| Series/Report no.: | 8-To’plam 1-son; |
| Abstract: | Ushbu maqolada semizlikning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, uning metabolik, yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish va onkologik kasalliklar bilan bog‘liqligi, davolash usullarining samaradorligi va bariatrik jarrohlikning afzalliklari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, semizlik inson umr davomiyligiga ta’siri va kelajakdagi xavf omillari haqida ma’lumotlar keltirilgan. XXI asrda semizlik dunyo miqyosida eng tez o‘sib borayotgan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. U rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda, iqtisodiy jihatdan o‘sib kelayotgan hududlarda ham yuqori darajada tarqalgan bo‘lib, global sog‘liqni saqlash tizimi uchun dolzarb muammo sanaladi. JSST tomonidan 1997-yilda semizlik rasmiy ravishda global epidemiya deb e’lon qilingan. Mazkur kasallikning yuqori xavfliligi uning ko‘plab tizimli kasalliklar bilan birgalikda kechishi va umr davomiyligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4118 |
| Appears in Collections: |
Files in This Item:
| File | Description | Size | Format | |
|---|---|---|---|---|
| 3. SEMIZLIK ZAMONAVIY TIBBIYOTNING GLOBAL Tashkent.pdf | 552.15 kB | Adobe PDF | View/Open |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.