| DC Field | Value | Language |
| dc.contributor.author | Ramazon Xurramov | - |
| dc.date.accessioned | 2026-06-24T09:12:21Z | - |
| dc.date.available | 2026-06-24T09:12:21Z | - |
| dc.date.issued | 2026-05 | - |
| dc.identifier.issn | 3060-4567 | - |
| dc.identifier.uri | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4572 | - |
| dc.description.abstract | Mazkur maqolada XX asrning so‘nggi o‘n yilligi hamda
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki bosqichida Buxoro viloyati adabiy muhitida
yuz bergan ijtimoiy-ma’naviy va institutsional jarayonlar kompleks tarzda tahlil
qilinadi. Tadqiqotda o‘tish davriga xos bo‘lgan mafkuraviy inqiroz, qadriyatlar
tizimidagi transformatsiya va “normativ vakuum” sharoitida adabiy jarayonning
shakllanish xususiyatlari yoritiladi. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari
faoliyatidagi tashkiliy muammolar, mehnat intizomi masalalari, adabiy maslahatchi
institutining mazmuniy transformatsiyasi hamda erkinlik va nazorat o‘rtasidagi
ziddiyatlar tarixiy-manbashunoslik asosida sharhlanadi. Shuningdek, Buxoro
adabiy muhitiga xos zullisonaynlik an’anasi, ko‘pmadaniyatlilik omili va milliy
adabiy jarayonda etnik guruhlarning faolligi mustaqillik davridagi madaniy
pluralizm kontekstida tahlil etiladi.
Maqolada sovet davrida shakllangan ijodiy an’analar bilan mustaqillik
davrida maydonga kirib kelgan erkin tafakkur o‘rtasidagi estetik va konseptual
tafovutlar, avlodlar o‘rtasidagi ijodiy munosabatlar hamda yosh ijodkorlarni
qo‘llab-quvvatlash siyosatining hududiy adabiy muhit barqarorligidagi o‘rni ilmiy
asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustaqillikning ilk
yillarida yuzaga kelgan institutsional va mafkuraviy murakkabliklar Buxoro adabiy
muhitida inqiroz emas, balki mazmun va shakl jihatidan yangilanish, badiiy
tafakkurning chuqurlashuvi hamda ijodkor shaxsining ijtimoiy mas’uliyatini qayta
belgilash jarayonini boshlab bergan. | en_US |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | O'zbekiston, MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT JOURNAL (Выпуск журнала No-45) | en_US |
| dc.subject | Mustaqillik davri; o‘tish davri; Buxoro adabiy muhiti; Yozuvchilar uyushmasi; adabiy siyosat; normativ vakuum; adabiy maslahatchi | en_US |
| dc.title | YANGILANISH BOSQICHIDAGI BUXORO ADABIYOTI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |
| Appears in Collections: |
|