Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4572
Title: YANGILANISH BOSQICHIDAGI BUXORO ADABIYOTI
Authors: Ramazon Xurramov
Keywords: Mustaqillik davri; o‘tish davri; Buxoro adabiy muhiti; Yozuvchilar uyushmasi; adabiy siyosat; normativ vakuum; adabiy maslahatchi
Issue Date: May-2026
Publisher: O'zbekiston, MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT JOURNAL (Выпуск журнала No-45)
Abstract: Mazkur maqolada XX asrning so‘nggi o‘n yilligi hamda O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki bosqichida Buxoro viloyati adabiy muhitida yuz bergan ijtimoiy-ma’naviy va institutsional jarayonlar kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘tish davriga xos bo‘lgan mafkuraviy inqiroz, qadriyatlar tizimidagi transformatsiya va “normativ vakuum” sharoitida adabiy jarayonning shakllanish xususiyatlari yoritiladi. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari faoliyatidagi tashkiliy muammolar, mehnat intizomi masalalari, adabiy maslahatchi institutining mazmuniy transformatsiyasi hamda erkinlik va nazorat o‘rtasidagi ziddiyatlar tarixiy-manbashunoslik asosida sharhlanadi. Shuningdek, Buxoro adabiy muhitiga xos zullisonaynlik an’anasi, ko‘pmadaniyatlilik omili va milliy adabiy jarayonda etnik guruhlarning faolligi mustaqillik davridagi madaniy pluralizm kontekstida tahlil etiladi. Maqolada sovet davrida shakllangan ijodiy an’analar bilan mustaqillik davrida maydonga kirib kelgan erkin tafakkur o‘rtasidagi estetik va konseptual tafovutlar, avlodlar o‘rtasidagi ijodiy munosabatlar hamda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatining hududiy adabiy muhit barqarorligidagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustaqillikning ilk yillarida yuzaga kelgan institutsional va mafkuraviy murakkabliklar Buxoro adabiy muhitida inqiroz emas, balki mazmun va shakl jihatidan yangilanish, badiiy tafakkurning chuqurlashuvi hamda ijodkor shaxsining ijtimoiy mas’uliyatini qayta belgilash jarayonini boshlab bergan.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/4572
ISSN: 3060-4567
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
Maqola 6.pdf433.78 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.