Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5068
Title: KOMORBID PATOLOGIYALI ERTA OSTEOARTRITNING KLINIK-LABORATOR XUSUSIYATLARI
Authors: Abdurazzakova D.S., Nabiyeva D.A., Matchanov S.X
Keywords: erta osteoartrit, komorbid patologiya, tog‘ay degradatsiyasi,subxondral suyak zararlanishi
Issue Date: 2026
Publisher: O'zbekiston, Toshkent (O'zbekiston tibbiyot axborotnomasi) jurnal № 7
Series/Report no.: UO‘K:;616.72-002.77:616-06-07:616-008
Abstract: Maqsad: komorbid patologiyali erta osteoartritning klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish tadqiqotimizning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Materiallar va usullar: tadqiqotga jami 150 nafar bemor kiritilib, ularning demografik, klinik va funksional ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tekshirilgan bemorlarning yoshi 30 dan 60 yoshgacha bo‘lib, o‘rtacha yosh 48,61 ± 4,7 yilni tashkil etdi. Natijalar: olingan natijalar komorbid patologiyali erta osteoartritli bemorlarda kasallikning klinik va metabolik jihatdan og‘irroq kechishini ko‘rsatdi. Ushbu guruhda og‘riq intensivligi (VAS), funksional cheklanish (WOMAC) hamda hayot sifati pasayishi (KOOS) komorbidsiz bemorlarga nisbatan ishonchli darajada yuqori bo‘ldi (p<0,001). Shuningdek, komorbid bemorlarda sistemali yallig‘lanish markerlari (CRO, ECHT), uglevod almashinuvi buzilishi (HbA1c, HOMA-IR) va tog‘ay degradatsiyasini aks ettiruvchi biomarkerlar (COMP, MMP-3, CTX-II) darajalari sezilarli oshgani aniqlandi. Xulosa: komorbid patologiya erta osteoartrit patogenezida mustaqil modifikatsiyalovchi omil sifatida ishtirok etishini, metabolik disfunksiya va sistemali yallig‘lanish orqali struktura zararlanishni kuchaytirishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Bu esa klinik amaliyotda komorbid fenotipni alohida stratifikatsiya qilish, metabolik omillarni korreksiya qilish zarurligini ko‘rsatadi
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5068
ISSN: 2181-7812
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
вестник 1.pdf1.07 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.