Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5234
Title: QANDLI DIABET 2-TURI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING ICHAK MIKROBIOTASI HOLATI
Authors: Vafoyev Sh.F., Shagazatova B.X.
Keywords: qandli diabet 2-turi, ichak mikrobiotasi, disbioz, tana vazni indeksi, bel aylanasi, glikozillangan gemoglobin, semizlik, metformin.
Issue Date: 2026
Publisher: O'zbekiston (Journal of modern medicine) №2 (13)
Series/Report no.: UO‘K:;616.832.941
Abstract: Tadqiqotning maqsadi qandli diabet 2-turi (QD) bilan kasallangan, hali gipoglikemik davo boshlanmagan bemorlarda ichak mikrobiotasining tarkibiy o‘zgarishlarini, hamda ushbu o‘zgarishlarning tana vazni indeksi (TVI), bel aylanasi va glikirlangan gemoglobin (HbA1c) darajalari bilan bog‘liqligini baholash. Natijalar. Bemorlarning aksariyatida ortiqcha vazn va semizlik kuzatildi (TVI o‘rtacha 32,14±3,74 kg/m²). TVI darajasi ortishi bilan Akkermansia muciniphila miqdori pasaydi (ortiqcha vaznda 6,87 lg, 3-darajada 4,67 lg). Faecalibacterium prausnitzii va Bifidobacterium spp. ko‘rsatkichlari ham TVI ortishi bilan kamaydi. Davolanishdan oldingi qandli diabet 2-turi bemorlarida ichak disbioz holati shakllangan bo‘lib, u semizlik darajasi va metabolik nazoratning yomonlashuvi (HbA1c ≥8,5%) bilan kuchayadi. Foydali, qisqa zanjirli yog‘ kislotalarini ishlab chiqaruvchi va shilliq qavatni himoyalovchi bakteriyalar kamayishi hamda shartli-patogen flora ortishi qandli diabetda metabolik buzilishlarning mumkin bo‘lgan mexanizmlaridan biri sifatida qaralishi mumkin
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5234
Appears in Collections:

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
3-maqola Qandli diabet.pdf9.6 MBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.