Please use this identifier to cite or link to this item:
http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5298| Title: | TIZIMLI QIZIL BO'RICHADA BUYRAK SHIKASTLANISHINING KLINIK VA LABORATOR KO'RSATKICHLARI |
| Authors: | Xidoyatova M.R., Islamova M.T., Shomansurova M.Sh. |
| Keywords: | tizimli qizil bo'richa, lupus nefrit, proteinuriya, anti-dsDNA, kreatinin, komplement tizimi. |
| Issue Date: | 2026 |
| Publisher: | O'zbekiston, Toshkent (O'zbekistоn tibbiyоt axbоrоtnоmasi) jurnal №9 |
| Series/Report no.: | UO‘K:;616.5-002.525.2:616.61-07 |
| Abstract: | Maqsad: tizimli qizil bo'richa bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanishining klinik, laborator va immunologik ko'rsatkichlarini har tomonlama baholash hamda ularning erta diagnostika uchun ahamiyatini aniqlash. Material va usullar: tizimli qizil bo'richa tashxisi qo'yilgan 30 nafar bemorning klinik va laborator ma'lumotlariga asoslangan bo'lib, unda siydikdagi oqsil miqdori, kreatinin, mochevina, C3 va C4 komplement komponentlari, anti-dsDNA hamda C-reaktiv oqsil ko'rsatkichlari o'rganildi. Natijalar: bemorlarda buyrak shikastlanishining (lupus nefritining) faolligi immunologik markerlar (anti-dsDNA darajasining oshishi, C3 va C4 komplementlarining pasayishi) hamda buyrak filtratsiya qobiliyatining buzilishini aks ettiruvchi laborator ko'rsatkichlar bilan uzviy bog'liqligi aniqlandi. Xulosa: tizimli qizil bo'richada buyrak shikastlanishini erta aniqlash va asoratlarning oldini olish uchun immunologik hamda bioximiyaviy markerlarni muntazam va dinamik monitoring qilish zarurligi ko'rsatildi. |
| URI: | http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/5298 |
| ISSN: | 2181-7812 |
| Appears in Collections: |
Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.