Please use this identifier to cite or link to this item: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/999
Title: SALMONELLYOZLAR EPIZOOTIK JARAYONINING NAMOYON BO‘LISHI
Authors: N.S.Saidkasimova, M.K Jumaniyazova, N.T. Xamzayeva
Issue Date: 2024
Publisher: TADQIQOTLAR (jahon ilmiy – metodik jurnali)
Abstract: Hozirgi vaqtda parrandachilik sanoati O‘zbekistonda yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bu o‘z navbatida ko‘pgina zoonoz kasalliklar bilan kasallanishni keltirib chiqaradi. Zoonoz kasalliklardan parrandalar salmonellezi - ko‘pgina qishlok xo‘jalik va yovvoyi parrandalarning infeksion kasalligi bo‘lib, yosh organizmda oshqozon-ichak, nafas olish tizimi a’zolarining zararlanishi va septitsemiya bilan, voyaga yetgan parrandalarda esa tuxum yetishtiruvchi a’zolarning kasallanishi, klinik belgisiz yoki surunkali kechish bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari, ushbu kasallik qo‘zg‘atuvchisi - salmonellalar odamlarda oziq-ovqat orqali zaharlanishni keltirib chiqaradi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham, parrandachilik va qishlok xo‘jaligi hayvonlarida ham salmonellyoz kasalligi keng tarqalgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar va hayvonlarga xos bo‘lgan bir qator infeksiyalar orasida salmonellyoz kasalligiga qarshi kurashishning murakkabligi va uni yo‘q qilish muammolari o‘ziga xos qiyinchiliklardan iborat.
URI: http://repo.tma.uz/xmlui/handle/1/999
Appears in Collections:Articles

Files in This Item:
File Description SizeFormat 
57-59.pdfSALMONELLYOZLAR EPIZOOTIK JARAYONINING NAMOYON BO‘LISHI901.16 kBAdobe PDFView/Open


Items in DSpace are protected by copyright, with all rights reserved, unless otherwise indicated.