Abstract:
COVID-19 infektsiyasi SARS-CoV-2 virusi tomonidan qo‘zg‘atiluvchi, yuqori darajada yuqumli va tez tarqaluvchi kasallik bo‘lib, 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan. U juda qisqa vaqt ichida dunyo bo‘ylab tarqalib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan 2020-yil mart oyida global pandemiya deb e’lon qilindi. Ushbu tezisda COVID-19 infektsiyasining epidemiologik xususiyatlari, tarqalish tendentsiyalari, asosiy xavf omillari va uni yumshatish choralariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari tahlil qilinadi.