Abstract:
Ishda Ascaris lumbricoides — odam askaridasi — geohelmint
parazitining morfologik tuzilishi, hayotiy sikli, invazion mexanizmlari hamda inson
organizmiga ko‘rsatadigan tizimli, immunobiologik va metabolik ta’sirlari keng tahlil
qilinadi. Parazitning patologik faoliyati faqat ichak tizimi doirasida emas, balki
gormonal, immunologik, neyropsixologik va metabolik tizimlar bilan o‘zaro
bog‘liqlikda o‘rganiladi. Zamonaviy diagnostika texnologiyalari va terapevtik
yondashuvlar asosida davolash protokollari tahlil qilinadi.