Abstract:
Qandli diabet 2 tur (QD2) surunkali kasallik bo'lib, glikemiyani nazorat qilish uchun bosqichma-bosqich ter
apiyani kuchaytirishni talab qiladi. Yomon nazorat asoratlar xavfini oshiradi. Bazal insulin va GLP-1 retseptorlari an
tagonistlari kombinatsiyasi gipoglikemiya va tana vazni xavfini oshirmasdan glyukemik nazoratni yaxshilaydi.
Tadqiqotni maqsadi100 U/ml insulin glarginining 50 mkg/ml liksisenatid (iGlarLixi) bilan kombinatsiyasining
samaradorligi va xavfsizligini inson insulinlari bilan solishtirish. Tadqiqotda 30 nafar QD2 bemor ishtirok etdi: 14
nafari iGlarLixi, 16 nafari bazal-bolus terapiyasini qabul qildi. Barcha ishtirokchilar metforminni qabul qildi. O'l
chovlar: ro'za va ovqatdan keyin glikemiya, glyukozalangan gemoglobin (HbA1c), lipid spektri. Natijalar shuni
ko’rsatiki birinchi guruhda ochlikdagi qon glyukoza darajasi sezilarli darajada pasaygan. HbA1c darajasi 12 oy ichida
birinchi guruhda 7,20 ± 0,83% gacha tushgan, ikkinchi guruhda esa 7,69 ± 0,76% ga kamaygan. Gipoglikemiya bi
rinchi guruhda 0,71%, ikkinchi guruhda esa 16,7% hollarda kuzatilgan. Lipid spektrida giperlipoproteinemiya
aniqlangan, umumiy xolesterin darajasi 34% ga oshgan. Xulosa shuki Solikva glikemiya va lipid spektrini nazorat
qilishda samarali va xavfsiz bo'lib, qandli diabet 2 tur va yurak qon tomir bemorlari uchun tavsiya etilishi mumkin.