Abstract:
Maqolada osteoartrozli semiz ayollarda reabilitatsiya jarayoni tahlil qilinadi.
Semizlik va osteoartrozning o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, bu kasalliklarning davolash
yondoshuvlari muhokama qilinadi. Bemorlarning sog‘lig‘ini yaxshilash uchun vaznni
kamaytirish, jismoniy mashqlar, og‘riqni boshqarish va psixologik qo‘llab-quvvatlashning
samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada osteoartrozli semiz bemorlar uchun
reabilitatsiya strategiyalarining samaradorligi va kelajakdagi tadqiqotlar yo‘nalishlari
tahlil etiladi.