Abstract:
Maqsad: tizimli sklerodermiya bilan kasallangan
bemorlarda ateroskleroz xavf omillari va yallig‘lanish
mediatorlarining o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishdan ibo
rat. Material va usullar: klinik tadqiqotga 18 yoshdan
50 yoshgacha (o‘rtacha yoshi 37,6±10,3 yosh) bo‘lgan,
kasallikning davomiyligi o‘rtacha 10,7±7,9 yilni tashkil
qilgan tizimli sklerodermiyaning diffuz shakli bilan kasal
langan 86 nafar bemorlar jalb etildi. Natijalar: tadqiqot
natijalariga ko‘ra, TSD bilan kasallangan bemorlarda
erta aterosklerozning xavf omillarini uchrash chastota
si bir qator sub’ektiv, anamnestik va ob’ektiv klinik-bio
kimyoviy laborator tahlillar asosida baholandi. Tizimli
immun yallig‘lanish kasalliklarining asosiy markyori hi
soblangan IL-6 miqdorini kasallik faolligi, kechishi lipid
spektr ko‘rsatkichlari va S-reaktiv oqsil bilan korrelyat
sion bog‘lanishi aniqlandi. Xulosa: tizimli sklerodermiya
bilan kasallangan bemorlarning 89,5% da erta aterosk
leroz xavf omillari aniqlandi. Tizimli sklerodermiya bilan
kasallangan bemorlarda IL-6 va SRO, ateroskleroz xavf
omillaridan tana vazni indeksi, xolesterin, triglitseridlar,
past zichlikdagi lipoproteinlar, orasida musbat va yuqori
zichlikdagi lipoproteinlar, orasida esa manfiy korrelyat
sion bog‘liqlik aniqlandi.