Abstract:
TORCH infeksiyalari – bu homiladorlik davrida ona va homila uchun jiddiy xavf tug‘diradigan
o‘zaro bog‘liq infeksion kasalliklar guruhini anglatadi, ulardan toksoplazmoz alohida ahamiyatga ega.
Toksoplazmoz Toxoplasma gondii paraziti tomonidan keltirib chiqarilgan infeksiya bo‘lib, ushbu maqolada
toksoplazmozni aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy diagnostika usullari, homiladorlik davrida tug‘dirgan xavfxatarlari va o‘z vaqtida davolashning ahamiyati haqida so‘z boradi. Serologik testlar, PZR usullari va boshqa
diagnostika yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, davolash usullari, antibiotiklar va
antiparazitar dori-darmonlarning samaradorligi tahlil qilingan. Maqola klinik tavsiyalar, profilaktik chora-tadbirlar
va homiladorlik davrida erta diagnostikaning zarurligi haqida fikr bildiradi