Abstract:
Tadqiqot maqsadi: O‘zbekistonda o‘tkir paraproktit bilan kasallangan bemorlarga to‘g‘ri
tashxis qo‘yish hamda to‘g‘ri davo choralarini qo‘llash orqali kasallikni tez va asoratlarsiz davolashda qo‘llaniladigan
usullarni o‘rganish.
Material va usullari: Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani Rustamov‘s klinikasining yiringli xirurgiya
bo‘limida 2024-yilning oktabr-noyabr oylarida paraproktit bilan kasallangan 45 nafar bemor olindi va 20 nafar
nazorat guruh, 25 nafar bemor asosiy guruhlarga ajratildi. Bemorlarning kasallik tarixi o‘rganilib retrospektiv analiz
o‘tkazildi. Barcha bemorlarda aerob florali paraproktit kuzatildi. Shuningdek qo‘shimcha tekshiruvlarda, jumladan :
qon analizida leykotsitlar va eritrotsitlar cho‘kish tezligining keskin oshishi kuzatildi.
Natijalar tahlili va muhokamasi: Shuningdek qo‘shimcha tekshiruvlarda, jumladan : qon analizida
leykotsitlar va eritrotsitlar cho‘kish tezligining keskin oshishi kuzatildi. Operatsiyadan keyin bemorlarga
dezintoksikatsion, antibiotik, analgetik, antigipoksik hamda to‘qimalarda moddalar almashinuvini yaxshilaydigan
preparatlar qo‘llanildi.
Xulosa: Asosiy jihatlardan biri kasallikka to‘g‘ri va erta diagnoz qo‘yish hamda muvaffaqiyatli operatsiya
o‘tkazish, jarayonning murakkablashmasligiga imkoniyat yaratadi.