Abstract:
Tadqiqot maqsadi: 2023-2024 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi aholisining ma‘muriy
hududlar (viloyatlar kesimi bo‘yicha) yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishi bilan chalinish holatlari va ularni
antibiotiklarga sezgirligini aniqlash.
Material va usullari: O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Bakteriologik
Lobaratoriyasida 2023-yillning ikkinchi yarim yilligidan 2024-yilning boshigacha bo‘lgan burun infeksiyalariga
chalingan bemorlarda aniqlangan infeksiyalar hamda ularda aniqlangan mikroorganizmlar, ularni antibiotiklar
sezgirligi tahlil qilindi. Bakteriologik, statistik usullardan foydalanildi.
Natijalar tahlili va muhokamasi. Mana shu 6 oy muddat davomida 148 nafari bemor (30 nafari erkak, 118
nafari ayol) da burun bo‘shlig‘ida yallig‘lanish kasalliklari shikoyati kuzatilgan. Ulardan olingan namunalar
laborator tashxis qilinganda jami kasallarning 145 tasida 160 ta turli xil bakteriyalar (Streptokokk ssp.-30%,
Stafilakokus aureus-35%, Candida ssp.-20%, Pseudomonas auriginosa-10% va Klebsiella ssp.-5%) aniqlandi. 3 nafar
bemorda mikroorganizmlar aniqlanmadi.
Xulosa: Tahlillar natijasida burun yallig‘lanishlari bilan ko‘proq(80%) ayollar kasallanishini ko‘rishimiz
mumkin(o‘rtacha yoshi 30-35 bo‘lgan). Yallig‘lanishlarga eng ko‘p sabab bo‘lgan bakteriya Stafilakokk aureus (30%),
hamda bakteriyaga eng samarador antibiotiklardan: Sulfametoksazol, Levofloksotsin, Amoksitsilin va Ampitsilinlar
yaxshi natija berdi.