Abstract:
Ushbu maqola gipertenziya kasalligini erta aniqlash va samarali boshqarishning sog‘liqni saqlash tizimida tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib
beradi. Maqolada patronaj hamshiralari tomonidan gipertenziya kasalligini barvaqt aniqlash va uning oldini olishdagi faoliyatlari, shuningdek, tibbiy sug‘urta tizimi orqali bemorlar bilan olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Patronaj hamshiralari muntazam ravishda bemorlarni
kuzatib borish, qon bosimini nazorat qilish va zarur maslahatlar berish orqali gipertenziyaning asoratlarini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqola kelajakda gipertenziya kasalligini boshqarishda kompleks yondashuvlar va hamshiralarning o‘rni
yanada kengaytirilishi zarurligini ta’kidlaydi.