Abstract:
Ushbu tadqiqotda α-TNF 308 G>A (rs 1800629) geni genotiplarining revmatoid artrit (RA)
bemorlarida davolash jarayoniga moslashuvi va farmakoterapiyaga rioya qilish darajasiga ta’siri o‘rganildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ayrim genotiplarning mavjudligi bemorlarning terapiyaga moslashuv darajasi
va uning ijtimoiy, emotsional hamda xulq-atvor komponentlari bilan bog‘liq. Bu munosabat kasallikning kechishini
bashorat qilish, davolash samaradorligini baholash va terapiyaga rioya qilish strategiyalarini ishlab chiqishda
muhim ahamiyat kasb etadi.