Abstract:
Tadqiqotning maqsadi: ko‘krak bezi saratoni (KBS) bilan og‘rigan bemorlarda katta va kichik
o‘smalarning gistologik va molekulyar-biologik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
Material va metod: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy
markazi va uning filiallarida 2018-2023-yillar davomida davolangan 133 nafar bemor ma’lumotlari
retrospektiv tahlil qilingan. Gistologik, immunogistokimyoviy tahlillar o‘tkazilgan.
Natijalar: Asosiy va ikkinchi o‘sma tugunlari ko‘p hollarda tashqi kvadrantlarda joylashgan.
Asosiy o‘sma tugunining markazidan periferiya o‘tgan sari infiltrativ komponent kamayib boradi:
mikroalveolyar va trabekulyar strukturalar, hujayralar gruppasi, solid va tubulyar strukturalar bilan
ifodalangan. Ikkinchi o‘sma tugunida infiltrativ komponent tuzilmalarining turli xil variantlarining
uchrashi asosiy o‘sma tugunining tegishli xususiyatlaridan farq qilmadi.
Xulosa: Tadqiqot natijalari ko‘krak bezi saratoni multisentrik o‘smalarining gistologik tarkibi
bilan o‘xshash bo‘lib, kasallik oqibatini bashorat qilish uchun tugunlarda molecular biologik
tahlillar o‘tkazishni talab etadi.