Abstract:
Ushbu maqolada arterial gipertenziyaning epidemiologiyasi, patogenezi, kelib
chiqish sabablari yoritilib bergan. Arterial gipertenziya (AH) asosiy omil hisoblanadi.Yurak-qon
tomir kasalliklarini rivojlanish xavfi, menopauzaning turli davrlarida turli xil klinik va patogenetik
xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular davolanish vaqtida e’tiborga olinishi kerak.Postmenopauza
davridagi ayollarda gipertenziyani oldini olish, jismoniy faoliyatning organizmga uchun afzalliklari
keltirilgan. Menopauza natijasida yuzaga keladigan gormonal o‘zgarishlar yurak-qon tomir tizimiga
ta’sir qilib, arterial bosimning oshishiga olib kelishi mumkin. Postmenopauza davridagi ayollarda
GK bilan kaltsiy va lipidlar almashuvining buzilishi birga kechishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki,
ehtimol bu o‘zgarishlar qon zardobidagi kaltsiyning ionlangan qismi va xolesterin ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi umumiy o‘zaro bog‘liqlikning ijobiy korrelyatsiyasini ko‘rsatadi. Tadqiqotda
gipertenziyaning klinik belgilari, rivojlanish omillari va asoratlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,
postmenopauza davridagi arterial gipertenziyaning diagnostikasi, davolash usullari va profilaktika
choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola ushbu muammoni tushunishga yordam berib,
shifokorlar va tadqiqotchilar uchun foydali ma’lumotlarni taqdim etadi