Abstract:
Noalkogolli yog‘li jigar kasalligi (NAJBP) – bu jigar hujayralarida triglitseridlarning to‘planishi bilan tavsiflanadigan kasallik bo‘lib, rivojlanish jarayonida uch bosqichdan o‘tadi: yog‘li gepatoz, steatogepatit va jigar sirrozi. Yog‘li gepatoz (jigar yog‘ bosishi) dunyo bo‘yicha keng tarqalgan kasallik bo‘lib, umumiy aholining taxminan to‘rtdan bir qismida uchraydi. Uning paydo bo‘lishiga noto‘g‘ri ovqatlanish, kam harakatlilik, qandli diabet, gormonal almashinuv buzilishi va genetik omillar sabab bo‘ladi.