Abstract:
Kasalxona chiqindilari bilan ishlash tizimini tashkil etish u bilan muloqat qilishdagi patensial xavfning dolzarbligi va chiqindilarning bu turini polimorfligi tufayli maxsus xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu holat “Davolash-profilaktika muassasalarini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0020-22-son SanQva N) va “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida chiqindilarni yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilishning sanitariya qoidalari va normalari” (O‘zbekiston Respublikasi SanPiN № 0317-15) kabi me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan.