Abstract:
Maqsad: perianal sohada va anal kanalda genital
so‘gallarni jarrohlik yo’li bilan olib tashlash uchun elektr
pichoqni ishlatishning qisqa va uzoq muddatli samarador
ligini oshirish. Material va usullar: O‘zbekiston Respub
likasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-sonli Respublika klinik
shifoxonasi proktologiya bo‘limida 2017-2024 y. Perianal
mintaqaning o’tkir kondilomasi bo’lgan 75 bemor kuzatil
di. Bemorlarning o’rtacha yoshi 25 yoshdan 35 yoshgacha.
45 erkak (60%) va 30 ayol (40%) edi. Barcha bemorlar
ambulatoriya sharoitida sifilis bo‘yicha to‘liq serologik
tekshiruvlar o‘tkazilib, shuningdek, OIV va gepatit B va C
viruslariga antikorlar aniqlanib, terapevt tekshiruvidan
o‘tkazilgandan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. Natijalar:
immunomodulyatsion terapiya yordamida kondilomalarni
jarrohlik yo’li bilan olib tashlash bilan birgalikda davolash
darajasi faqat jarrohlik yo’li bilan olib tashlashga qara
ganda ancha yuqori va 92,7% ni tashkil etdi. Xulosa: o’tkir
qirrali kondilomalar bilan og’rigan bemorlarda qo’llanil
adigan elektrodestruktsiya usuli minimal travma va kasal
likning qaytalanish xavfi pastligi bilan tavsiflanadi