Abstract:
Preeklampsiyada homilador ayollarda yuzaga kelgan arterial gipertenziya yoki proteinuriyada,
homilaning barcha ichki a’zolaridagi rivojlanishlarni gestasion muddatidan orqada qolishi aniqlangan. Bu esa,
aynan, homila ichi rivojlanishida juda ko‘p omillardan biri bo‘lgan, alimentar yetishmovchilik, plastik assimilyatsiya
jarayonlarining izdan chiqishi, fetoplatsentar qon aylanishining buzilishi, yo‘ldoshning muddatidan oldin qisman
ko‘chishi ko‘rinishidagi klinik morfologik o‘zgarishlar bilan yuzaga kelishi aniqlandi. Aynan homilaning gestatsion
muddatiga mos rivojlanish davridagi morfologik yetilganlik darajasining me’yorda kechayotgan homiladorlikka
nisbatan 18,8% da o‘rtacha ko‘rsatkichda rivojlanishdan orqada qolishi, homila gipotrofiyasi va morfologik chalalik
belgilarining rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Chaqaloqlar jigarida distrofik o‘zgarishlardan gidropik va yog‘li
distrofik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga chaqaloq jigarida fibroz to‘qimaning shakillanishi
yuzaga keladi