Abstract:
Tadqiqot maydonchasida o`simliklar tarkibi nisbatan boy va xilma-xil. Ayniqsa, shirinmiya ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan muhim o`simlik sifatida ajralib turadi. O`simliklarning tarqalish va mo`llik darajasini hisobga olgan holda, ushbu hududda yarim cho`l florasi shakllanayotganini ko`rish mumkin. O`tkazilgan tadqiqotlar natijasida Sirdaryo viloyatining tabiiy sharoitida o`suvchi silliq shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) populyatsiyalarining morfologik va biometrik ko`rsatkichlari o`rganildi. Olingan ma`lumotlar shirinmiyaning ikki morfologik shakli – var. tipica va var. aspera – o`rtasida sezilarli farqlar mavjudligini ko`rsatdi.