Abstract:
Past joylashgan yo‘ldosh homiladorlik va tug‘ruq jarayonida jiddiy asoratlarni
keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu holatning rivojlanishiga abortlar, bachadon
yallig‘lanish kasalliklari, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infektsiyalar va oldingi tug‘ruq
asoratlari asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirish
va profilaktik choralarga rioya qilish, xavf omillarini kamaytirish muhim ahamiyatga ega.