Abstract:
Kesar kesishdan keyingi venoz tromboembolik asoratlar, chuqur venalar
trombozi va o‘pka tromboemboliyasi kabi hayot uchun xavfli holatlar onalar o‘limi va
kasallanishining muhim sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu asoratlarning oldini olish
sifatini baholash dolzarb masala hisoblanadi, chunki homiladorlik fiziologik ravishda
giperkogulyatsiya holati bo‘lib, kesar kesish operatsiyasidan keyin bu xavf yanada ortadi.