Abstract:
Antifosfolipid sindromi homiladorlikning jiddiy asoratlaridan biri bo‘lib,
chaqaloqlarda kam tug‘ruq vazni va erta tug’ilish chastotasining oshishiga olib kelishi
mumkin. Asosiy guruhdagi chaqaloqlarda respiratory distress sindromi rivojlanish
ehtimoli nazorat guruhdagiga qaraganda sezilarli darajada yuqori. Homiladorlik davrida
antifosfolipid sindromi bilan kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash
chaqaloqlarda neonatal asoratlarni kamaytirishga yordam beradi.