Abstract:
Monografiya zamonaviy terapiya muammolaridan biri - Keksalar miokard infarktini o‘tkazganlaridan so‘ng terapevtik chora-tadbirlarning samaradorligi xususiyatlariga bag‘ishlangan. Monografiyada shaxsiy tadqiqotlar va adabiyot ma’lumotlari asosida kasallikning etiologiyasi, patogenezi, epidemiologiyasi, klinik ko‘rinishi, xavf omillari, komorbidlik xolati, bemorlarni olib borish taktikasi va dispanserizatsiya taqdim etilgan. Monografiya terapevtlar, kardiologlar, oilaviy shifokorlar, magistrlar, klinik ordinatorlar, tibbiyot sohasidagi tadqiqotchilar, tibbiyot talabalari uchun mo‘ljallangan.