Abstract:
Atopik dermatit koʻp tizimli koʻrinishlarga ega boʻlgan alligik kassallik boʻlib, toʻliq profilaktika qilishni talab
qiladi. Atopik dermatit bilan kasallangan bemorlar uchun reabilitatsiya, psixologik stress belgilarini yo'qotish, jismoniy
holat va hayot sifatini yaxshilashga qaratilishi kerak. Biz tadqiqotimizga olgan bemorlani shifoxonadan so‘ng ambulatiriya
sharoitida profilaktika chora-tadbirlari o’tkazish maqsadida bemorlar yashash joylaridagi oilaviy poliklinikalar bilan
birgalikda ish olib bordik. AtD bilan og’rigan bemorlarni davolashda muhim bo‘g‘in sifatida kompleks reabilitatsiya
tadbirlari, jumladan, dori vositalarini qo‘llash, fizioterapiya, klimatoterapiya va jismoniy mashqlar bilan davolash kiradi.