Abstract:
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan bog‘liq hayz-ovarial funksiyasi buzilgan ayollarda endometriyadagi morfologik o‘zgarishlar kasallik og‘irligiga qarab farqlangan.I-guruh ayollarida limfotsitar infiltatsiya 40% hollarda, bezlarning kistoz kengayishi 50% hollarda, diapedetik qon quyilishlar 35% hollarda aniqlangan.II-guruh ayollarida oddiy gipergaziya 1,7 baravar yuqori, tomirlarning qon bilan to‘lishi 1,3 baravar yuqori va diapedetik qon quyilishlar 1,7 baravar yuqori aniqlangan.III-guruh ayollarida epitelial gipergaziya 2,1 baravar yuqori, giperxrom yadrolar 2,2 baravar yuqori, bezlar atrofida gematomalar 1,8 baravar yuqori va stromadagi o‘choqli qon quyilishlar 2,3 baravar yuqori aniqlangan. Tadqiqot natijalari SARS-CoV-2 virusi endometriy to‘qimalariga kirib, jiddiy shikastlanishlar va endometrit rivojlanishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Ushbu o‘zgarishlar ayollarda hayz-ovarial funksiyani tiklash uchun maxsus davolash tadbirlarini o‘tkazishni talab qiladi.