Abstract:
Ushbu maqolada bolalarda giperurikozuriya va giperurikemiya fonida rivojlangan interstitsial nefritning klinik-laborator
xususiyatlarini o’rganish natijalari yoritilgan. Tadqiqotga 2-14 yosh oralig’idagi, uraturiya fonida interstitsial nefrit bilan og’rigan
86 nafar bemor jalb etilgan. Metabolik buzilishlarning asosiy biokimyoviy markerlari, buyraklarning funksional holatini baholovchi
ko’rsatkichlar o’rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, interstitsial nefritning boshlang’ich bosqichlarida glomerulyar filtratsiya va azot chiqarish funksiyasi saqlangan bo’lsa-da, buyrak naychalari funksiyasining buzilish alomatlari aniqlangan. Ayniqsa,
ammiak ajralishining kamayishi, titrlanadigan kislotalar, uratlar, oksalatlar va fosfatlar ajralishining oshishi kuzatilgan. Ushbu
ko’rsatkichlar kasallikni erta bosqichda aniqlash va buyrak patologiyalarining surunkali shakllarini oldini olishga xizmat qilishi
mumkin.