Abstract:
Tadqiqot ishida jami 180 nafar ayol ishtirok etdi. Tadqiqot ishtirokchilari bepushtlikning turiga koʻra toʻrt guruhga ajratildi: I-guruh (immunologik bepushtlik) 50 nafar ayoldan iborat; II-guruh (bepushtlikning tuxumdon shakli) 50 nafar ayoldan tashkil topgan; III-guruh (bepushtlikning bachadon shakli) 50 nafar ayolni oʻz ichiga oldi; nazorat guruhi esa 30 nafar klinik jihatdan sogʻlom, reproduktiv yoshdagi ayollardan iborat boʻldi. Barcha ayollarda umumklinik, laborator ultratovush tekshiruvi va mmunologik tadqiqotlar oʻtkazil-
di. Proteomik tadqiqotlar MASS-spektrometriya usulida amalga oshirilib, bunda ayollardan olingan biologik suyuqliklar: qon zardobi, follikula suyuqligi, bachadon boʻyni shilligʻi olinib, ular tarkibidada turli oqsillar miqdor darajasi va ulardagi oʻzgarishlar identifikasiya qilindi, natijalar asosida aniq oqsillar yoki oqsillar guruhi potensial biomarker sifatida baholandi.