Abstract:
FDA(Food and Drug Adminstration) oxirgi ma’lumotlariga ko’ra dunyo
bo’yicha 537 mln ga yaqin odamlar QD bilan kasallangan (98% i QD
2-tip) bo’lib, 2045-yilga kelib bu sonlar 783mln.ga yetishi kutilmoqda.
Zamonaviy tibbiyotga ko’p faktorli ta’sir ko’rsatadigan yangi perspektiv
dori guruhi- Glukagonga o’xshash polipeptid retseptor agonistlari
(GPP-1 RA) kirib kelib ,hozirda QD 2-tipini davolashda monoterapiya
sifatida yoki boshqa gipoglikemik dorilar(metformin,bazal insulin)
bilan birgalikda qo’llanilganda yuqori effektivligini ko’rsatmoqda.
GPP-1 RA vakili dulaglutid (trulisiti) 1,5mg/0.5ml dozada haftada bir
marta teri orasiga inyeksiya qilinib, postprandial glikemiyani nazorat
qiluvchi,yurak qon-tomir kasalliklari (YuQT) xavfini kamaytiruvchi,
gipoglikemik holatlar kuzatilmaydigan – innovatsion doridir. Tadqiqot
davomida 3 oylik dulaglutid davosi (1.5mg) fonida kuzatuv guruhida
nahorgi glikemiya 7,5±1.04mmol/l ga, postprandial glikemiya esa
10,3±1,05mmol/l gacha kamaydi. Glikirlangan gemoglobin (HbA1C
3 oydan keyin 7,8±0,5% gacha tushdi.Triglitseridlar(TG) miqdori
4,2±0,5mmol/l dan 21,4% ga, past zichlikli lipoproteinlar (PZLP)
4,8±0,75mmol/l dan 27% ga kamaytirib lipid profilni ijobiy tomoga
o’zgartirdi. Dinamikada sistolik arterial bosim (SAB) 125,0±5,0 mm
simob ustunida, diastolik arterial bosim (DAB) 90±5mm simob
ustunigacha maqsadli ko’rsatkichga erishildi. Tana massa indeksi
(TMI) darajasi 27,3±2,1kg/m2 gacha bo’lgan bemorlarda davodan
keyin 25,4±1,5kg/m2gacha vazn kamayishi kuzatildi.