Abstract:
Ushbu maqolada 2-toifa qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda diabetik
polinevropatiya va uning uyqu sifatiga ta'siri o‘rganilgan. Qandli diabet, ayniqsa 2-toifa qandli diabet,
dunyo bo'ylab keng tarqalgan metabolik kasallikdir. Ushbu kasallikning ko'plab asoratlari mavjud,
ulardan biri diabetik polinevropatiya hisoblanadi. Diabetik polinevropatiya nerv tizimining zararlanishi
bo'lib, bu bemorlarda og'riq, his-tuyg'ularni yo'qotish va boshqa nevrologik muammolarni keltirib
chiqarishi mumkin Tadqiqotda bemorlarning uyqu sifati, uyquning davomiyligi, chuqurligi va uyquni
buzuvchi omillar tahlil qilingan.