Abstract:
Klinik tadqiqot TMA ko'p tarmoqli klinikasi negizida, 2-terapiya va endokrinologiya bo'limida o'tkazildi.
2-tur qandli diabet (QD) bilan og'rigan 120 nafar bemorda quyidagi natijalar aniqlandi: 1 va 2 guruh QD 2 tur bilan
og’rigan bemorlarda DPN subklinik shakli ustunlik qildi – 56,9% va 60,9%. Klinik shakli esa 43,1 va 39,1% bemorlarda
tashxislandi. Бemorlarning 83,7% da semizlik 1 daraja va 89,5% da chap qorincha gipertrofiyasi (ChQG) mavjud. Ikkala
tekshirilgan guruhda ham uglevod almashinuvi nazorat guruhiga nisbatan balandligi aniqlandi. Bemorlarning shikoyatlari
orasida eng ko’p bildirilgani oyoqlar uvushishiga bo’ldi – 1 guruhda 93,1%, 2 guruhda – 87,3%, og’riqqa shikoyatni esa
85,5 va 45,8% bemorlar bildirdilar. Pittsburg so’rovnomasi yordamida aniqlanganda, 1 guruhdagi bemorlarning o’rtacha
uyqu sifati indeksi 10,89±0,77 ball (p˂0,05) ni tashkil qildi va bu tekshirilayotgan bemorlarning uyqu sifati yomon ekanligini
ko’rsatadi. Uyqu sifatida buzilishlari yo’q bo’lgan bemorlarda ushbu indeks 4,92±0,77 ballni tashkil qildi. Bemorlarning
eng ko’p bildirilgan shikoyatlari “tungi uyqudan uyg’ondan keyingi charchoq hissi”, ushbu shikoyatni 100% bemorlar
bildirdilar, 79,7% bemorlarda “uyg’onib ketgandan so’ng qayta uxlash qiyinligi” ni arz qildilar, 78,4% bemorlar “uyquga
to’ymaydilar”, “yuzaki uyqu, tunda uyg’onib ketishlar bilan” 73,4% bemorlar aziyat chekadi, 70,8% bemorlar esa “30
minutdan ortiq uxlay olmaydilar”. Neyropatik og’riq, uyqu buzilishlari bilan o’zaro bog’liq bo’lib, shifokorlar davolashda
ikkala jihatni ham hisobga olishlari kerak