Abstract:
Ushbu maqolada gidrogeologik
tizimlarning kuzatuv quduqlarida yer
osti suvlarining rejim tashkil etuvchi
parametrlarini o‘lchash va noravshan
modellar, amalga oshirish algoritmlari
asosida ishlov berish bilan yer osti suvining
umumiy holatini aniqlash hamda nazorat
nuqtalarida masofadan boshqaruvchi
avtomatlashgan o‘lchov usullarini joriy
qilish o‘rganilgan. Yer osti gidrosferasi
monitoringini yuritishda suv resurslari
ma’lumotlarni tiklanadigan energiya
manbaiga ulangan, avtomatlashtirilgan
o‘lchov tizimida ma’lumot olish, qayd
qilish, yig‘ish, ishlov berish va uzatish
asosida samaradorligini oshiruvchi
innovatsion uskuna-dasturiy vositalarini
funksional faoliyati, suyuqlikni asosiy
xusususiyatlarini, yani gidrogeologik va
ekspluatatsion texnik ko‘rsatkichlarini
hamda ixtiyoriy rejim tartibini belgilash
imkonini beruvchi integrallashgan
yondoshuv g‘oyasi ilgari surilgan