Abstract:
Dolzarblik. Qandli diabetning 2-turi keng tarqalganligi, erta nogironlik va o‘limga olib kelishi
bilan dolzarbdir. Surunkali giperglikemiya bilan bir qatorda yog‘ almashinuvining buzilishi qator
a’zolarda va qon tomir tizimida qaytmas o‘zgarishlarni chaqiradi. Bu esa yurak qon tomir tizimi
kasalliklarini erta rivojlanishiga olib kelib, bemor hayot sifatini keskin pasaytiradi. Maqsad. Qandli
diabetning 2-turi bilan kasallangan bemorlarda glikemiya darajasiga ko‘ra yurak qon tomir
kasalliklari xavfini baholash. Material va usullari. Qandli diabetning 2-turi bilan kasallangan
bemorlarda glikemiya korsatkichlariga ko’ra anamnestik yurak qon tomir ko’rsatkichlari tahlili.
Natijalar. 60 yoshdan katta va glikemik dekompensatsiyadagi bemorlarda miokard infarkt, arterial
gipertenziya va koronar tomirlarni stentlash amaliyoti ishonchli yuqori natijani ko’rsatdi. Xulosa.
Yurak ishemik kasalliklari rivojlanishini oldini olishda glikemiyani nazorat qilish va kardioprotektiv
qand pasaytiruvchi dori vositalarni tanlash tavsiya etiladi