| dc.description.abstract |
KIRISH: maqolada zamonaviy psixologiyada shaxsdagi ijtimoiy xohish muammosi
nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Ijtimoiy xohish insonning jamiyatda o‘z o‘rnini
topishi, shaxslararo munosabatlarni shak lantirishi va ruhiy barqarorligini ta’minlashda
muhim omil hisoblanadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi shaxsdagi ijtimoiy xohish mexanizmlarini
aniqlash, ularning motivatsion jarayonlarga ta’siri hamda shaxsning ruhiy salomatligi va
ijtimoiy moslashuvidagi rolini o‘rganishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida ijtimoiy xohish
tushunchasiga oid xorijiy va maha liy ilmiy manbalar, shuningdek, diagnostik testlar va
metodikalar tahlil qilindi. Turli psixologik maktablarning yondashuvlari solishtirma tahlil
qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy xohishning
shak lanishi shaxsning ehtiyojlari, motivatsiyasi, xavotirlanish darajasi va muloqotga
bo‘lgan ehtiyoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Shaxsdagi ijtimoiy xohishning yuqori
darajasi ijobiy muloqot, ochiqlik va ijtimoiy faoliyatni rivojlantirsa, uning yetishmasligi turli
psixologik muammolarga, jumladan, stress, xavotir, agressiya va shaxsiy inqirozlarga olib
kelishi mumkin.
XULOSA: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, shaxsdagi ijtimoiy xohish muammosi
zamonaviy psixologiyada dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ijtimoiy xohishlarni
aniqlash, baholash va rivojlantirish bo‘yicha samarali metodikalarni ishlab chiqish
shaxsning psixologik salomatligi va jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun
muhim ahamiyat kasb etadi. |
en_US |