Abstract:
Sut bezi saratoni (SBS) dunyo ayollari orasida onkologik kasalliklar ichida yetakchi o‘rinlardan
birini egallaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2 milliondan ortiq yangi holat
aniqlanadi, buning muhim qismi gormonal disbalans va irsiy moyillik bilan bog‘liq. Ximioprofilaktika SBS xavfini
kamaytirishda muhim yo‘nalishga aylanmoqda. Ayniqsa, oilaviy anamnez, genetik mutatsiyalar (BRCA1/2 - geni) va
gormonal buzilishlar kabi yuqori xavf omillari bo‘lgan ayollar uchun.
Indol-3-karbinol (I3C) — karamdoshlar oilasi (brokkoli, gulkaram, karam) dan olinadigan biologik faol
modda bo‘lib, estrogenlar metabolizmini modulyatsiya qilish va o‘sma hujayralari o‘sishini ingibirlashtirish
xususiyatlari bilan tanilgan. Eksperimental va klinik ma’lumotlar I3C ferment tizimlariga ta’sir ko‘rsatib,
detoksikatsiya yo‘llarini faollashtirishi va estrogenlar metabolizmini o‘zgartirishini ko‘rsatmoqda, bu esa
kanserogenlikni kamaytirishi mumkin.
Shunga qaramasdan, I3C ning uzoq muddatli qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar real sharoitlarda
cheklangan bo‘lib, xavfsizlik, chidamlilik va gormonal fon hamda ferment faolligiga ta’sirini baholash uchun
postregistratsion tadqiqotlar zarur.