Abstract:
Qandli diabet eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo'lib, jigarning turli kasalliklari
bilan, jumladan, jigar fermentlarining buzilishi, alkogolsiz jigar yog’ kasalligi, gepapotoselular xavfli o’sma va sirroz
bilan bog'liqdir. So’nggi yillarda jigar fermentlarining qandli diabet va glikemik nazoratni bashorat qilishdagi roli
haqida qiziqish oshmoqda. Maqsad va Vazifalar Ushbu tadqiqotning maqsadi, Qandli diabet 2tip dekompensatsiya
darajasida bo'lgan bemorlarda jigar fermentlarining glikirlangan gemoglobin (HbA1C)bilan bog'liqligini
o’rganishdir. Materiallar va Usullar.Ushbu tadqiqotda ambulator va statsionar davolangan qandli diabet 2 tip bilan
kasallangan bemorlar kiritilgan. Ma'lumotlar yig'ilib, qabul qilish vaqtida oldindan tayyorlangan proforma
yordamida batafsil anamnez yi’gildi. Barcha ishtirokchilar uchun jigar faoliyati markerlari HbA1C ning 2 guruhida
ya’ni kompetsatsiya va dekompensatsiya ko’rsatgichlarida korrelatsion analiz qilindi. Jigar fermentlari va HbA1C turli
qiymatlari o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilindi.Natijalar 84 bemor orasida o'rtacha yosh 57.90 ± 8,3 ni tashkil etdi. 84
bemordan 14nafari (16,7%) erkaklar, 70 (83.3%) ayollar edi. Qandli diabet davomiyligi o'rtacha 7.84 ± 5.81 yil,
HbA1C o'rtacha 8.52 ± 1.41 tashkil etdi. Nahorgi glukoza darajasi 10.08± 3,15mmol/l va ovqatdan keyingi qondagi
glukoza darajasi 13,88 ± 3,92mmol/l ni tashkil etdi. Ammo jigar fermentlari (ALT, AST) va umumiy bilirubin,
bog’langan bilirubin o’rtasida kompensatsiya darajasidagi HbA1C (<8%) o'rtasida teskari Pearson bog'liqligi mavjud
bo'lib, statistik jihatdanahamiyatga ega emas. AST/ALT nisbati (De Ritis nisbati) o’rtasida to’g’ri bog’liqlik aniqlanib,
bu nisbat HbA1 dekompensatsiya guruhida yuqori ekanligi aniqlandi..Xulosa qandli diabet 2 tip bemorlarda jigar
faoliyati markerlari AST/ALT nisbati bilan HbA1C o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatdi. Barcha jigar ko’rsatgichlari
ikkala gurhda ham HbA1C bilan salbiy bog'liqlikka ega, ammo statistik jihatdan ahamiyatli bog'liqlik faqat AST/ ALT
nisbati uchun kuzatildi.