Abstract:
Ushbu maqolamizda 17–30 yosh oraligʻidagi 93 nafar yoshlarda oddiy (ekzogen- konstitutsional) semizlik sharoitida yogʻli gepatoz rivojlanishiga klinik-metabolik xavf omillarining ta’siri va bu kasallikning semizlikni chuqurlashtirishdagi roli aniqlangan. Tadqiqot natijalariga koʻra, yoshlarda yogʻli gepatoz rivojlanishining yuqori sezuvchanlikka ega xavf omillari qorin tipi semizlik, insulin rezistentligi va stress ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, yuqori o'ziga xos xavf omillariga aterogen dislipidemiya, gipertrigliseridemiya, insulin rezistentligi, yalligʻlanish va protrombotik holatlar hamda mikroalbuminuriya kiradi. Yoshlar orasida yog’li gepatozning uchrash chastotasi 22 % ni tashkil qildi. Bu yosh oralig‘ida yog‘li gepatozning uchrash sabablariga yoshlar orasida kam haratlilik, noto‘g‘ri ovqatlanish, energetik mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilishini aniqladik. Shunday qilib, yogʻli gepatozning dastlabki bosqichlarida yoshlarning individual xavf omillarini hisobga olgan holda, yogʻli gepatozning oldini olish uchun gipotipidemik va gepatoprotektiv xususiyatga ega dorilarni kompleks terapiyaga kiritish tavsiya etiladi.