Abstract:
Maqolada sopol buyumlar ishlab chiqarish korxonasida ishchilar o‘rtasida kasallanish xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Korxonadagi ishchilarga chang, kimyoviy omillar, yuqori harorat, shovqin kabi ishlab chiqarish omillari ta’sir qiladi. Ishchilarda ushbu sohaga xos bo‘lgan asosiy kasalliklar, jumladan, nafas olish tizimi, asab tizimi, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari, siydik-ayiruv va jinsiy organlar tizimi kasalliklari va shikastlanishlar aniqlandi. Kasallanishni tahlil qilish natijasida mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish qobiliyatini oshirish va kasb kasalliklarini oldini olish maqsadida profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar taklif etildi.