Abstract:
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYY) bilan og‘rigan bemorlarda fibroblast-23 (FGF-23) o‘sish omilini qo‘llash orqali buyraklar zararlanishi belgilarini erta aniqlash, ularga o‘z vaqtida samarasi isbotlangan dori vositalarini tavsiya etish orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilash, kasalxonaga qayta yotishlar sonini kamaytirish, kasallik oqibatini yaxshilash imkonini beradi. Ushbu maqolada aynan shu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar taxlil qilingan, ularning amaliy ahamiyati qiyosiy baholanib, xulosalar keltirilgan.