Abstract:
Covid-19 qo’zg’atuvchisi qon-tomirlarda yallig’lanishni chaqiradi va qon ivishini oshiradi. Covid-19ning og’ir
formalarida shiddatli yallig’lanish oqibatida giperkoagulyasiya, trombotik mikroangiopatiyalar, tromboz va DVS
sindrom rivojlanishi kuzatildi. Maqsad: Covid-19 kasalligini o‘tkazgan bolalarni tiklanish davrida asoratlar
rivojlanishining xavf omillarini aniqlash. Material va usullar: Tekshiruv ob'yekti 129 ta 1yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan,
Covid-19 kasalligini o‘tkazgan bolalar va nazorat guruhi sifatida 20 ta shu yoshdagi sog‘lom bolalar. Natijalar: Tiklanish
davrida giperkoagulyatsiya jarayoni bilan kechgan xolatda bolalarda gemostaz tizimining koʼrsatkichlarini tahlil
qilinganda, trombotsitlar sonining 1,6 baravar koʼpayishi (nazorat guruhida 281,3 ± 11,3 x 109 / l ga nisbatan asosiy
guruhda 362,1 ± 7,7 x 109 /l ga) aniqlangan. Xulosa: SARS-CoV-2 bolalarda qon tomirlarni shikastlashi mumkin va
kelajakda gipertoniya, o’pka gipertenziyasi, insult, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi mumkin